Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar iqlim sharoiti koronavirusga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi
25.03.2020 23:19,  
5151

Iqlim sharoiti koronavirus tarqalishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Il Giornale nashri italiyalik shifokorlarga asosan maqola tayyorladi.

Xususan, virusolog Roberto Burioni yozda issiq tufayli pandemiya pasayishi mumkin degan afsonani yo‘qqa chiqardi.

Mutaxassis ayrim davlatlar tomonidan joriy etilgan cheklov choralari virus bilan kurashda samarali ekanligini ta’kidladi. Uning nazarida issiq havo boshlanishi bilan nafas yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasalliklarini yuqtirish holatlari haqiqatan ham kamroq qayd etiladi, havoga tushgan tupuk zarralari tezroq bug‘lanib ketadi, ammo bu hozirgi vaziyatga ta’sir qilishi dargumon.

Milan, Rim va Kte-Peskara universitetlari olimlari ham shunga o‘xshash xulosaga keldilar. Ular Uxan va Italiyaning Lombardiya va Veneto shaharlarida COVID-19ga chalingan odamlar sonini solishtirishdi, bu hududlarda iqlim sharoiti va kasallangan soni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlikni topmadilar.

Nashr mualliflari infeksiyaga qarshi kurashish uchun issiq haroratning foydasi haqidagi afsona koronavirusni antipik pnevmoniya bilan taqqoslash natijasida paydo bo‘lganligini ta’kidlashdi. Antipik pnevmoniya 2002 yil oxirida boshlanib, 2003 yil iyul oyida yakunlangan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘sha epidemiyani hozirgisi bilan taqqoslash mumkin emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан