Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar JSSTdan COVID-19 bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqishni talab qildi
6.07.2020 11:05,  
416

230 dan ortiq olimlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga koronavirus bilan kurashish bo‘yicha tavsiyalarini ko‘rib chiqishni so‘rab ochiq xatga imzo chekdilar. Ularning ta’kidlashicha, JSST fikridan farqli o‘laroq, virus uzoq vaqt havoda qolishi mumkin, bu esa odamlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi. Bu haqda The New York Times (NYT) nashri xabar bermoqda.

Maktubga 32 mamlakatdan 239 nafar olim imzo chekkan. Ularning fikriga ko‘ra, virus ilgari o‘ylagandan ancha kichikroq zarralar shaklida harakatlanishi mumkin, bu esa havoda uzoqroq turish va nafas olish paytida tanaga kirishga imkon beradi.

Biroq, JSSTning ta’kidlashicha, havoga tushgan virus darhol gorizontal sirtlarga joylashadi, chunki u yetarlicha katta va og‘ir tomchilarda bo‘ladi. Pandemiya paytida ushbu tashkilot kasallikning oldini olishning asosiy usuli sifatida qo‘llarni yuvish masalasiga e’tibor qaratdi, shu bilan birga virusning sirt orqali yuqishi haqida cheklangan dalillar mavjud, deydi NYT.

JSSTning infeksiyani nazorat qilish bo‘yicha texnik direktori Benedetta Allegranzi, virusning havo orqali tarqalishi haqidagi dalillar bejiz emasligini aytdi.

“Ayniqsa so‘nggi bir necha oy ichida virus havo orqali yuqishi yanada ayonlashdiki, ammo bu aniq dalillar bilan tasdiqlangani yo‘q. Bu borada munozaralar hali ham davom etmoqda ”, - deydi Allegranzi NYT'ga.

Nashr ta’kidlashicha, agar virusni havo orqali yuqishi tasdiqlansa, bu virus tufayli kiritilgan ehtiyot choralarini o‘zgartirishni talab qilishi mumkin. Odamlar uy ichida ham niqob kiyishlari kerak, va shifokorlar hatto eng mayda zarralarni ham o‘tkazmaydigan eng kuchli filtrli niqoblardan foydalanishlari kerak. Xonada havo aylanishini kamaytirish va yanada kuchli filtrlarni qo‘yish, shuningdek, ultrabinafsha nurlaridan foydalanish kerak bo‘ladi.

JSST veb-sahifasida tashkilot koronavirusdan himoya qilish uchun zarur deb hisoblagan jamoatchilik uchun asosiy ehtiyot choralari e’lon qilingan. Ular quyidagilar:

  • Qo‘llaringizni muntazam sovun yoki spirtli vositalar bilan yuvib turing;
  • Jamoat joylarida bir metrdan kam bo‘lmagan holda oraliq masofa saqlang;
  • Imkon qadar qo‘lingiz bilan ko‘zingiz, burningiz va og‘zingizga tenmang;
  • Nafas olish gigiyenasi qoidalariga rioya qiling, ya’ni yo‘talayotganda, aksirayotgan burun va og‘izni salfetka bilan yoping yoki tirsagingizni buking;
  • Harorat yuqori bo‘lganda yoki yo‘tal tutganda tibbiyot xodimlariga murojaat qiling. 

Ro‘yxatda niqob taqish tavsiya etilmaydi. Biroq, niqob taqish bo‘yicha alohida bo‘limda ushbu vosita virusli infeksiyalarning tarqalishini cheklashga yordam berishi mumkinligi haqida aytiladi. Shu bilan birga, JSST qo‘l gigiyenasi, masofa va boshqa tadbirlarga rioya qilish koronavirusni odamdan odamga yuqishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан