Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar ko‘p selfi tushiradigan erkaklar telbalikka moyil bo‘lishini aniqladi
18.05.2017 12:22,  
2

Ogayo universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazib, ijtimoiy tarmoqlarga ko‘p selfi joylaydigan erkaklar telbalik (psixopatiya) va  xudbinlikka moyil bo‘lishini aniqladi.

Tadqiqotda 18 dan 40 yoshgacha bo‘lgan 800 nafar erkak qatnashib, anketa savollariga javob berdi. Shu tariqa ularning ijtimoiy tarmoqlarga selfi joylash chog‘idagi xatti-harakatlari baholandi. Bundan tashqari, ishtirokchilar g‘ayriijtimoiy xulq va xudbinlik darajasini aniqlashda yordam beruvchi qator standart savollarga javob berdi.

Shuningdek, tajriba natijalari o‘z selfilarini tarmoqqa qo‘yishdan avval ularni tahrirlaydigan kishilarda ushbu ko‘rsatkich darajasi baland bo‘lishini namoyon etdi.

Xudbinlik va uning Internetdagi xulq bilan bog‘liqligi tez orada batafsil o‘rganiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан