Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar koronavirus 8 m masofaga tarqalishi mumkinligini aniqladi
25.07.2020 16:12,  
1475

Germaniyalik olimlar koronavirusning 8 m masofaga tarqalishini aniqladi. Bu haqda Gelmgols yuqumli kasalliklarni o‘rganish markazi (HZI) ga tayanib TASS xabar bermoqda.

HZI, Gamburg-Yeppendorf universiteti (UKE) kasalxonasi va Leybnits eksperimental virusologiya instituti (HPI) olimlari ishtirokidagi qo‘shma tadqiqot Videnbruk qishlog‘ida joylashgan Germaniyaning eng yirik go‘shtni qayta ishlash majmuasida 2020 yil may oyida koronavirus tarqalishini tekshirdi.

Qayd etilishicha, go‘sht kombinat ishchisidan 8 mdan ortiq radiusda qolgan hamkasblariga koronavirus yuqqan. Koronavirus infeksiyasining tarqalishi asosan qoramol bo‘limida bo‘lib, u yerda havo aylanib, 10 Selsiy darajagacha sovutiladi.

"Bizning natijalarimiz shundan dalolat beradiki, past harorat, toza havo bilan ta’minlashning qiyinligi va mutassil ichki havo konditsioneri orqali havoning aylanishi sharoitlaridagi ish hamda tinimsiz jismoniy mehnat, koronavirusni uzoq masofalarda tarqalishiga yordam berdi", - dedi HPI tadqiqot guruhi rahbari professor Adam Grundxoff.

Bu omillar go‘sht yoki baliqni qayta ishlash zavodlarida koronavirus kasalligi tarqalishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi, deya qo‘shimcha qildi u. "Bunday sharoitda 1,5 dan 3 m gacha bo‘lgan masofa, shubhasiz, infeksiyani oldini olish uchun yetarli emas", dedi professor.

Reda-Videnbrukdagi go‘shtni qayta ishlash zavodida 1,5 ming kishi koronavirus bilan kasallanganidan keyin 23 iyun kuni Germaniya g‘arbiy qismidagi Gyuterslo va Varendorf okruglarida karantin choralari ko‘rildi. Keyin hokimiyat 30 iyunga qadar ijtimoiy aloqalarni cheklashga qaror qildi, kinoteatrlar, muzeylar, ko‘rgazmalar, galereyalar, sport zallari va yodgorlik majmualari yopildi. Restoranlar ishlashni davom ettirdilar, ammo ularga faqat bitta oila a’zolari tashrif buyurishi mumkin edi.

Shanba kuni Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Robert Koch instituti xabar berishicha, so‘nggi 24 soat ichida Germaniyada kamida 781 kishi koronavirus bilan kasallangan, yetti bemor infeksiya oqibatida vafot etgan. Mamlakatdagi pandemiya davrida 204 964 kishi koronavirus yuqtirdi, 9 118 kishi vafot etdi, 190 000 ga yaqin kishi tuzaldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан