Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gonkonglik olimlar koronavirusni davolashning yangi usulini topdi
1.04.2020 14:22,  
3324

Gonkonglik olimlar koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning qoni boshqalarga quyilishi ularning tiklanishiga yordam berishini aniqladilar, deb yozadi South China Morning Post tadqiqotga asoslanib.

Olimlar Suriya oltin og‘maxonlari (xomyak)da tajriba o‘tkazdilar, chunki ularning ACE2 oqsili insonga o‘xshaydi. Tadqiqot davomida ular SARS-CoV-2 ni kemiruvchilarga yuqtirdi. Og‘maxon tuzalgandan so‘ng, ulardan qon namunalari olib, boshqa kemiruvchilarga quydilar. 

 Shundan so‘ng og‘maxonlar tanasida virusli yuk ancha pasaygan (deyarli 10 baravar).

"Agar biz odamlar bilan ham xuddi shunday qilsak, tomir orqali konsentratsiyalangan bemorlarning qon plazmasini in’yeksiya qilsak, bu ularning tanalaridagi virus yukini kamaytirish orqali tiklanishiga yordam beradi", dedi xitoylik mikrobiolog.

Avvalroq, xitoylik olimlar maymunlarga koronavirus yuqtirib uni davolay olgan edilar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 860 ming kishidan oshdi, 178 mingdan ortiq odam tuzaldi va 42 344 kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан