Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar Marsda noodatiy kislorod topishdi
13.11.2019 19:53,  
513

Curiosity marsoxodi qizil sayyora atmosferasida noodatiy kislorod tebranishlarini qayd etdi. O‘lchov ishlari diametri 154 kilometr bo‘lgan Geyl kraterida olib borildi. Bu haqda The Independent'ga tayanib Mir24 xabar qilmoqda.

Avvalroq olimlar Marsdan metan chiqindilari topishgan edi. Gaz miqdori tashqi muhitga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ortadi va kamayadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi shunday beqarorlik kislorod bilan ham kuzatilmoqda.

Kuzatuvlar olti yil mobaynida olib borildi. Ma’lumki, Mars atmosferasining 95 %i uglerod oksidi (CO2)dan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida azot va argon ham bor. Mars atmosferasidan olingan havo namunalari tekshirilganda ular yil fasllariga qarab ko‘payishi va kamayishi va hatto ayrim fasllarda tarqab ketishi aniqlangan.

Kislorod darajasi ayniqsa bahor va yozda notekis o‘zgarib turadi. Olimlar uning tebranishlari atmosfera dinamikasi bilan bog‘liq emasligini taxmin qilishdi (aks holda ular yildan-yilga o‘zgarib turadi). Kislorod biror bir kimyoviy manbadan tarqayapti, degan taxmin ham yo‘q emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан