Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar otlarning antitanachalaridan koronavirus preparatini ishlab chiqmoqda
17.09.2020 09:39,  
331

Kosta-Rika Ilmiy-texnik instituti olimlari ot anitianchalari asosida koronavirusga qarshi dori yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu haqda Scientific American nashriga tayanib TASS xabar qilmoqda. 

Tadqiqotda oltita otga laboratoriyadan olingan SARS-CoV-2 oqsillari yuborildi, deyiladi maqolada. Otlarning uchtasi oqsilning faqat bir qismini oldi. Qolgan hayvonlarga to‘rtta koronavirus oqsillari birikmasi berilgan. Har ikki haftada to‘rt marta virus yuqtirilgach, otlar yetarli miqdorda antitanachalar ishlab chiqdilar.

Keyin tadqiqotchilar farmatsevtika zavodida ot qonidan namunalari yig‘dilar, plazmani eritrotsitlardan ajratdilar, plazmadagi antitanachalarni ajratdilar, ularni tozalashdi va inson sinovlariga mos formulani ishlab chiqishdi.

Klodomiro Pikado institutidagi mikrobiolog va COVID-19 loyihasining yetakchi tadqiqotchisi Alberto Alape Xironning ta’kidlashicha, bitta shisha ot antitanachasi taxminan 100 dollar turadi va odam antitanachalariga asoslangan preparatlar esa 10 baravar qimmatroq bo‘ladi.

"Faqatgina 10 ml flakonda 800 ml rekonvalesansli plazmadagi, ya’ni SARS-CoV-2 infeksiyasini yengib o‘tgan odam tomonidan taqdim etilgan plazmadagi antitanachalar taxminan 80 baravar ko‘pdir", - deydi olim.

Nozik va regenerativ tibbiyot ilmiy-klinik markazi direktori, Qozon Federal Universitetining fundamental tibbiyot va biologiya instituti genetika kafedrasi professori Albert Rizvanov "Izvestiya" nashriga hayvonlardan antianachalar olish to‘g‘risida gapirib berdi. "Ushbu texnologiya arzonroq, tezroq. Ammo uning zararli tomoni shundaki, ba’zi bir odamlarda bu yot antitanachalar allergik reaksiyalar yoki immunitet reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Shunga o‘xshash, avvalroq, masalan, ular cho‘chqa go‘shti insulinidan foydalanganlar", - deya tushuntirdi mutaxassis nashrga. Olimning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan ular bu usuldan voz kechib, odamnikiga o‘tishgan, chunki odam oqsillari boshqa oqsillarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi va immun reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан