Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar Oyda ulkan metall qatlamni topishdi
11.06.2019 20:30,  
13

Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyani topdi. Olimlar buni ulkan asteroidning qoldiqlari deb ta’kidlashmoqda. Bu haqida Live Science xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ulkan metall massasi Oy orqa tomonida Janubiy qutb - Eytken kraterida  joylashgan. Bu Quyosh sistemasida boshqa jism urilishi natijasida hosil bo‘lgan eng yirik krater hisoblanadi.   

Taxminlarga ko‘ra, asteriod Oyning shu joyiga 4 milliard yil oldin urilgan.

“Tasavvur qiling, yer ostida ulkan metal uyumi yopildi, u Gavay orolidagi Katta oroldan besh baravar katta. Biz kutilmaganda, aynan bunday massa bilan to‘qnashdik”, - dedi tadqiqot bosh muallifi Piter Jeyms.

Olimlar hisob kitobiga ko‘ra, ulkan metallning og‘irligi 2,4 septillion tonna.  Metall uyumlari Janubiy qutb – Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda joylashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан