Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar qahva qanday qilib ozishga yordam berishini ma’lum qilishdi
26.06.2019 18:44,  
16

Buyuk Britaniyaning Nottinhem universiteti olimlari qahva iste’mol qilish ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ko‘maklashishini ma’lum qilishdi. Bu haqda Scientific Reports jurnalida maqola chop etilgan.

Mutaxassislar qahva tarkibida bo‘lgan kofein inson tanasida qo‘ng‘ir yog‘ to‘qimalarini ishlab chiqarishni tezlashtirishini aniqlashdi. Aynan yog‘ning bu turi kaloriyani yo‘q qilishga yordam beradi va issiqlik ishlab chiqaradi.

Semizlikdan aziyat chekayotgan kishilar organizmida ko‘pincha qo‘ng‘ir yog‘ oq yog‘ to‘qimalariga qaraganda ancha kam miqdorda bo‘ladi.

Qo‘ng‘ir yog‘ning vazifasi maksimal ravishda kelib tushgan energiyani tezroq yo‘q qilib, uni issiqlikka aylantirishdan iboratdir. Uning faolligi oshishi organizmga qondagi shakar miqdorini yaxshiroq nazorat qilishga yordam beradi.

Olimlar o‘tkazilgan tadqiqotda ko‘ngillilarga bir chashka qahva ichishni taklif qilishadi va maxsus asbob yordamida qo‘ng‘ir yog‘ to‘plangan joylardagi teri haroratini o‘lchashadi. Ma’lum bo‘lishicha, qahva ichgandan so‘ng 30 daqiqa o‘tib, qo‘ng‘ir yog‘ to‘plangan teri ustidagi harorat ko‘tarilgan.

Tadqiqot so‘nggida mutaxassislar qahvani me’yorida iste’mol qilish qo‘ng‘ir yog‘ faolligini kuchaytirishi haqidagi xulosaga kelishdi. Bu esa o‘z navbatida qondagi shakar miqdorini tartibga solish va ozishga yordam beradi.

Inson organizmida ikki xil: oq va qo‘ng‘ir yog‘ to‘qimalari mavjud. Oq yog‘ to‘qimasi bu kaloriyalar zaxirasi xisoblanadi. Ko‘ng‘ir yog‘  to‘qimasi esa issiqlik ajratib chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан