Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar qashshoq va boy davlatlardagi koronavirus bilan bog‘liq o‘lim dajarasini baholadi
3.11.2020 14:14,  
272

Tadqiqot mualliflari 175 ta ilmiy ish va antitanalarga oid 10 ta tadqiqotni o‘rganib chiqqan. Ular koronavirus keksa insonlar uchun yanada xavfli ekanligini, shu bilan birga, inson yoshi har sakkiz yilga ortganida o‘lim xavfi ikki barobar ortishi to‘g‘risidagi xulosaga kelgan. 40 yoshgacha bo‘lgan odamlarda IFR— 0,1 foizni, 80 yoshdan kattalarda esa 5 foizni tashkil etgan.

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etadigan daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda IFR taxminan 0,23 foizga teng. Asosan keksalar yashaydigan boy davlatlarda esa ushbu ko‘rsatkich 1,15 foizni tashkil etgan.

Tadqiqot hammualliflaridan biri doktor Lyusi Okellning ta’kidlashicha, koronavirus nafaqat keksalar, balki o‘rta yoshdagi odamlar uchun ham xavfli. «Masalan, bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 50-55 yosh oralig‘idagi 260 insonning biri kasallanish oqibatida vafot etmoqda», — deydi Okell. Uning so‘zlariga ko‘ra, olimlar COVID-19 oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim darajasini hisoblashda qator mamlakatlardagi pandemiyaning birinchi to‘lqiniga oid ma’lumotlardan foydalangan va kelajakda koeffitsiyent kamayishi mumkin.

Kasallar ulushi hisoblanayotgan yana bir ko‘rsatkichlardan biri — o‘lim koeffitsiyenti (CFR ). Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, pandemiyaning dastlabki bosqichlarida asosan o‘lim koeffitsiyenti baholanadi. Ular kuzatuv paytidagi holatlar soniga asoslangan taxminiy hisob-kitoblar asosida aniqlanadi, CFR natijalarida turli mamlakatlar uchun 0,1 foizdan 25 foizgacha.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан