Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega ekanliklarini aniqlashdi
3.01.2021 13:56,  
5253

Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega ekanliklarini aniqlashdi. Ular olib borgan tadqiqotga ko‘ra, IV qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega bo‘ladilar.

Mutaxassislar kelgan xulosaga ko‘ra, qon guruhi inson organizmining virusli infeksiya vaqtida interferon ishlab chiqara olishiga ta’sir qiladi. Bu esa immun tizimi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Interferonlar virus, bakterial moddalar va past molekulyar kimyoviy birikmalarning organizmga kirishiga javoban ishlab chiqariladigan oqsillar hisoblanadi.      

Olimlar IV qon guruhiga ega odamlar interferon ishlab chiqarish borasida eng kuchli ekanliklarini aniqlashgan. Bunday qon guruhiga ega sinaluvchilarning 92 foizi organizmida ushbu oqsil ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan.

I va III qon guruhiga ega sinaluvchilarning, mos ravishda, 80 va 91 foizida yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilingan. 

II qon guruhi tashuvchilarining 40 foizida interferon ishlab chiqarish darajasi past bo‘lgan va ular kasalliklarga uchrashga qolganlardan ko‘ra ko‘proq moyil hisoblanadilar.

Avvalroq xitoylik olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazganlarning aksariyati immunitet tiklanishi muammolariga duch kelishlari mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgandi. Bunday odamlarning bir qismida qonda limfotsitlar  kamayishi kuzatilgan.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан