Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar tuzning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar
26.02.2019 13:53,  
31

Inson organizmida osh tuzining cho‘kindisi allergik reaksiyalar rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bu haqda MedicalXpress nashriga tayanib xabar qildi.

Myunxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Tahlil natijasida terining kasallangan qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekanligini aniqlashdi.

Mutaxasssislarning ta’kidiga ko‘ra, natriy xloridi T-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Ushbu bog‘lanishlar inson organizmida muhim o‘rin tutadi, biroq,  haddan ortiq miqdor teri yallig‘lanishi kasalliklarini tez sur’atda rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, T-hujayralariga natriy xlorid ta’sir o‘tkazishi to‘xtatilishidan so‘ng allergik reaksiyalar sezilarli ravishda pasayadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан