Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar uzoq yillik tarixiy bahsda kelishuvga erishishlari mumkin
22.08.2019 11:23,  
62

Joriy yilning 24-25 avgust kunlari Termiz shahrida “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va svilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi doirasida “O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi” nomli xalqaro arxeologik forum o‘tkaziladi. Forumga 80 dan ortiq mamlakatdan nufuzli olimlar, taniqli arxeologlar, muzeylar va ilmiy institutlarning direktorlari qatnashishi kutilmoqda.

Ilmiy jamoatchilik orasida ko‘p yillardan buyon Ptolomey asarlarida tilga olingan va ellinistik madaniyatning Markaziy Osiyodagi g‘aroyib yodgorligi sanalgan afsonaviy Oks Iskandariyasi qayerda joylashganligi haqida bahs boradi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati bildirishicha, mashhur akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi guruh olimlari Oks Iskandariyasining Surxondaryo hududida joylashganini rad etib bo‘lmas dalillar asosida isbotlamoqchi.

Shu paytgacha Oks Iskandariyasi joylashuvi bo‘yicha 3 taxmin mavjud edi. Bular – eski Termiz, Oy-xonum hamda Kampirtepa. Nufuzli o‘zbek olimlari olib borgan qazishma ishlari natijasida Oks Iskandariyasi Amudaryo sohilida miloddan avvalgi IV asr oxiri va miloddan avvalgi I asrga qadar mavjud bo‘lgan port shahar – Kampirtepa xarobalari ekanligini aniqlagan.

Xalqaro forum bu ilmiy farazni tasdiqlaydimi? Kuzatishda davom etamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан