Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlarimiz Toshkentni qoplagan chang tarkibini o‘rganishdi
9.11.2021 17:35,  
734

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan poytaxtimizda tarqalgan chang bo‘ronidan keyin cho‘kkan chang tarkibi o‘rganib chiqildi.

Chang tahlili uchun namunalar poytaxtimizning Olmazor tumani «Beruniy» metro bekati va Mirzo Ulug‘bek tumanining «Akadem shaharchasi» hududlaridan olingan.

«Chang tarkibi SmartSEM dasturiy ta’minot yordamida 100 mkm dan 1 mkm gacha bo‘lgan turli masshtablarda olindi.

Namunalar SEM - EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi. Uskunalar ishi Data Collector dasturi yordamida nazorat qilindi.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, chang hajmi 5 mikrongacha bo‘lib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir.

2021 yil 5 noyabrdagi chang namunalari 42 turdagi pestitsidlarga gaz xromatografiyasi yordamida tahlil qilinganda namunalarda pestitsidlar mavjud emasligi aniqlandi. Tahlil ma’lumotlari chang tarkibida tuz ham me’yorda ekanligini ko‘rsatdi. Chang namunalarida rN o‘lchovi chang eriganida ishqoriy xususiyatlarini ko‘rsatdi.

Namunalar tahlili ular tabiatiga ko‘ra standart chang ekanligini ko‘rsatdi. Chang tarkibida og‘ir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas», deyiladi Innovatsiya vazirligi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан