Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi
16.11.2021 10:55,  
59

Ta’kidlanganidek, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan mazkur qonunda bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, reklama hamda tashqi reklama faoliyati sohasida Vazirlar Mahkamasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (reklama sohasidagi vakolatli davlat organi), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aniq vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish, reklama sohasida jamoat nazorati tizimini samaradorligini oshirish, sohani o‘zini-o‘zi tartibga solish tizimini rivojlantirish maqsadida Reklamaga oid faoliyat sub’yektlarining birlashmalariga  vakolatlar berilmoqda.

Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan reklama beruvchilar, tayyorlovchilar hamda tarqatuvchilarning sohadagi huquq va majburiyatlari, reklamaga qo‘yiladigan asosiy talablar va ushbu talablarni buzganlik uchun jazo choralari ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Reklamaga qo‘yilgan talablar ko‘ra, reklamada jinsiy, irqiy, milliy, diniy kamsitish, fuqarolarning sog‘ligi va hayotiga zarar yetkazuvchi harakatlarni sodir etishga chaqirish, bevosita mualliflik huquqiga ta’sir qiluvchi axborotlardan, pornografiya tusidagi axborotlardan, shuningdek davlat ramzlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Shuningdek, professional ta’lim sohasida foydalaniladigan darsliklar, kundaliklar va boshqalarga reklama joylashtirish, qolaversa, milliy madaniyat va urf-odatlarga, axloq va ma’naviyatning umume’tirof etilgan me’yorlariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Reklama va OAV sohsida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda ularning faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarning oldini olish maqsadida ayrim normalar bekor qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан