Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy Majlis Senati a’zosi Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi
22.08.2021 13:31,  
124

Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 22 avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, u surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. Topiboldi Xoldorov Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bo‘lgan.

Topiboldi Xoldorov 1942 yil 1 fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000 yildan 2009 yilga qadar «Nuroniy» jamg‘armasi Farg‘ona tumani bo‘linmasi, 2009—2020 yillarda «Nuroniy» jamg‘armasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi bo‘lgan. 60 yillik mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etib kelgan. 2016 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, marhumning janozasi kechki soatlarda uning xonadoni — Farg‘ona tumanidagi Yoshlarobod qishlog‘i «Tinchlik» MFYda o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан