Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
24.04.2021 19:40,  
206

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi hamda «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi tarkibi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Reglament va odob  komissiyasining ayrim a’zolari boshqa ishga o‘tganligi sababli komissiya tarkibidan chiqarilgan.

Komissiyaning yangilangan tarkibiga, xususan, komissiya raisligiga — Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Nukritdinovich Burxanov, Komissiya raisi o‘rinbosarligiga Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Asqarovich Cho‘lliyev va uning a’zoligiga senator Sanobar Zarfullayevna Suyarova nomzodlari senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qolaversa, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, Senat qarori bilan Oliy sud sudyalari Nodira Aloxonovna Boboxonova hamda Janagul Ismaylovna Balkibayeva boshqa ishga o‘tganliklari munosabati bilan Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlari tasdiqlandi.

Yalpi majlisda 21 ta masala, shu jumladan, 8 ta qonun muhokama qilindi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан