Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy sud: «Said-Abdulaziz Yusupov oqlangani yo‘q»
21.07.2020 20:32,  
526

Taniqli jurnalist Said-Abdulaziz Yusupov firibgarlik jinoyati natijasida yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi sababli unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan. Bu haqda 21 iyul kuni AOKA binosida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov aytib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

2019 yilning 10 may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ayblanib, qo‘lga olingan Said-Abdulaziz Yusupov 8 iyul, chorshanba kuni qamoqdan ozod etilgandi.

Yusupovning advokati Arslon Shaymardonovning ma’lum qilishicha, mijozi yetkazilgan zararni qoplagani uchun ozodlikka chiqarilgan.

Bosh prokuratura rasmiy bayonotiga ko‘ra, Said-Abdulaziz Yusupov o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olganlikda  ayblangan. 2019 yilning sentyabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud bo‘lib o‘tgandi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning ma’lum qilishicha, Said-Abdulaziz Yusupov ikki marta sudlangan.

«Birinchi holatda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ikkinchi holatda sudga yana firibgarlik jinoyati bo‘yicha ish taqdim qilindi. Sud tergov jarayonida firibgarlik jinoyati natijasida yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi sababli unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, qamoqdan ozod qilindi, oqlanmadi», – dedi Ikrom Muslimov.

Shu vaqtga qadar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Said-Abdulaziz Yusupov o‘zi rahbarlik qilgan fondning 270 million so‘m mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilingani va uning «kabinet»ini tintuv qilish paytida tashqi ko‘rinishidan Makarov to‘pponchasiga o‘xshash Baykal gazli to‘pponchasi topilishi holatlari nima bilan yakun topganiga izoh berganicha yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан