Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy sud sobiq xodimini qasddan o‘ldirgan shaxs 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi
11.12.2020 13:19,  
313

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi, muqaddam O‘zbekiston Oliy sudida ta’minotchi vazifasida ishlagan Sh.A.ning o‘limida ayblangan ikki shaxs ustidan hukm chiqardi.

Sudlanuvchilardan biri 19 yilga, uning jinoiy sherigi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Asosiy tafsilotlar haqida batafsil ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 52 yoshda bo‘lgan Sh.A.ning jasadi 8 avgust kuni kechga yaqin Qibray tumanidagi GES hududidan, sayohat chemodaniga tiqib qo‘yilgan holda topilgan edi.

Tergov davomida ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-, 169-, 227– va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан