Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy sud sudyalarining oyligi qancha?
11.12.2019 15:40,  
1850

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi PRESS-KOFEsi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiyev Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning oyligi qanchaligini ochiqladi:

“Hozirgi kunda Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi 5 000 000 so‘mdan 8 000 000 so‘mgacha yetadi”.

Oliy sudning yana bir sudyasi Ilhom Rahmonqulov esa, O‘zbekiston jamiyatida sudyalarga ishonchsizlikka sudyalarning mustaqil bo‘lmagani sabab bo‘lganini aytdi. Shuningdek, sudyaning ta’kidlashicha, muayyan bir masalani faqat Oliy sud raisi, yoki rais o‘rinbosari hal qiladi degan tushuncha yo‘q.

Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakili Nodirjon Muxtorovning aytishicha, Tuman sudyasi viloyat sudyasidan, viloyat sudyasi Oliy sud sudyasidan erkin bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, jinoyat kodeksini liberallashtirish lozim”.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Xolbek Jalolov esa, sudyalar fuqaroga murojaat ishi bo‘yicha bitta nuqtani qo‘yib berishi keraklini aytdi. “Fuqarolik sudiga borsa, ma’muriyga borasan kabi boshqa-boshqa bordi-keldilarni yo‘q qilish kerak. Bunday misollar ko‘p”, deydi XDP vakili.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (Ombudsman) kotibiyatining vakili Saidbek Azimov O‘zbekistonda “qora ro‘yxat” umuman yo‘q qilinganini, har bir shaxs o‘zining e’tiqod huquqiga ega ekanligini aytib o‘tdi”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан