Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy sud xonanda Jasur Umirov ishi bo‘yicha bayonot berdi
11.06.2021 08:27,  
3365

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga ko‘ra, J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Samarqand viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2021 yil 12 martdagi ajrimi bilan ushbu hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

2021 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, J. U. ga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmi va Samarqand viloyat sudi apellyasiya instansiyasining 2021 yil 12 martdagi ajrimi o‘zgartirilgan.

Xabar berilishicha, Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimiga ko‘ra, J. U. ga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, unga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq ushbu jinoyat ishiga oid boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан