Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy sudda Qatag‘on davrida qatl qilingan 115 nafar shaxs oqlandi
25.08.2021 22:04,  
269

Mustaqillik yillarida tarixiy adolatni tiklash, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan qiynog‘u azoblarga duchor etilgan va hayotdan mosuvo etilgan ajdodlarimizning nomini oqlash, xotirasiga munosib hurmat bajo keltirish yo‘lida beqiyos ishlar amalga oshirildi.

Eng muhimi, bu ezgu va savob ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz.

Farmoyishning ijrosini ta’minlash maqsadida qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish Respublika ishchi guruhi va qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasining 5-bandida qatag‘on qurbonlarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar ko‘lamini kengaytirish uchun mas’ullarga vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish masalasi belgilangan.

Yo‘l xaritasining 10-bandida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish belgilandi.

Qatag‘on qurbonlarining reabilitatsiyasi bo‘yicha masala o‘rganib chiqildi hamda Respublika ishchi guruhiga takliflar ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, Oliy sud raisining 2021 yil 9 fevraldagi Farmoyishiga binoan, muayyan sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlarining nomlarini oqlash
va ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruhi tuzilgan.

Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, respublika ishchi guruhi a’zosi B. Hasanov tomonidan 2021 yil 7 yanvar kuni mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan shaxslarning ro‘yxati taqdim qilingan.

Mazkur shaxslarning yetti nafariga nisbatan jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining arxivida saqlanayotganligi aniqlanib, jinoyat ishlari chaqirtirilgan.

Oliy sudga 2021 yil 24 fevralda 115 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi
yoki sud hujjatlari (hukm yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik majlisi bayonnomasidan ko‘chirma borligi aniqlangan. Jumladan:

1. Nosirxon to‘ra (Nasirxan Tyurya Said Kamalxon Tyuryayev)
va boshqalarga oid (92 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

1930 yil 27 oktyabrdagi suddan tashqari OGPUning uchlik majlisi bayonnomasi ko‘chirmasiga ko‘ra:

Mansurbay Shirgaziyev, Mat Ibragim Urunbayev, Djurabay Kari Mir Isxakov, Toxtasun Baltabayev, Xamra Xodja Mallya Xodjayev, Abbasxan Kari Aziz Xodjayev, Xalmirza Umurzakov, Xodjibay Abdubayev, Akramxan Tyurya Mallya Xodjayev, Muxamadiyev Axmadsha, Xasanbay Rustamov, Abdu Gani Sadikbayev – O‘zbekiston SSR JKning 78, 14-78 va 67-moddalari bilan otib tashlangan.

Abdujalil Mamatshayev, Mulla Fazil Babamuxamedov, Mulla Nugman Karimov, Mulla Sabit Tashmatov, Madat Babakulov, Raimbay Urumbayev, Mulla Usman Kari Dadabayev, Yuldashev Mulla Tadjibay - 10 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Mulla Israil Sadikbayev, Mama Zakir Shukurbayev, Mulla Turdi Ashirmatov, Abduxalil Abdurazakov, Muxamed Sadik Maxmudbayev, Allyaxan Abdulla Xodjayev - 8 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Xasan Xan Nasirxan Tyuryayev, Abdulla Kari Katta Sheyxov -
6 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Kurbanbay Yusupbayev, Mulla Djurabay Bachebayev, Imam Ali Kasimbayev, Mamed Ali Said Muratov, Axmed Ali Said Muratov, Damulladjan Abulkasimov, Mulla Alixan Azizbayev, Abdul Axad Nishanbayev, Saydulla Maksudov, Dada Xodja Appak Xodjayev, Mat Ibragim Baratbayev, Mulla Abdulxay Kari Dadabayev, Zikriya Xodja Akramxanov, Abduxalik Abdugafarov - 5 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Xodjam Berdi Madaminov, Karimbay Saidbayev, Raxmatulla Abdu Vaxabov, Askar Ali Abduvaxabov, Abduraxman Tapildibayev, Muxamedsha Kanoatshayev, Tyuryabay Kadirkulov, Xashimbay Xakimbayev, Mamarasul Tyuryabayev, Ata Mirza Abduraximov, Mulla Abdukadir Mamad Karimov, Payzibay Usmanov, Saidbay Ustababayev, Nuretdin Kari Asadullayev, Mulla Askar Nazarmatov, Sayfetdin Kari Abdujalilov, Baxram Maksudov, Inamdjan Kari Muxamed Aminov, Abdulladjan Kari Madraimov, Mulla Axmad Ali Abdu Fattaxov, Baltabay Urazaliyev, Mulla Mumin Rustamov -
3 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Isakdjan Alibayev, Isametdin Xodji Nurmamedov, Mulla Mamadjan Karabayev - 2 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Nur Muxamed Ustababayev, Barat Uzakbayev, Abdulladjan Madali Xodjayev, Dada Mirza Abduvaxidov, Muyetdinxan Shaidxan Xodjayev, Isanbay Urazbayev - 1 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Xodjixan Mulla Karimbayev, Dadadjan Abul Kasimov, Imamxan Mumin Xodjayev, Baba Muxamed Dadadjanov, Shukurbay Shir Aliyev, Abdulla Bay Mansurbayev, Xalmamad Ustababayev, Ilmiyamin Yusupbayev, Uzakbay Lolakariyev, Akbar Xodji Abdu Vaxabov - O‘zbekiston SSR JKning 58, 67, 78, 14-78-moddalari bilan ularning OGPU uchlik majlisiga qadar qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinganlar.

Mavjud ish materiallaridan aniqlanishicha, ushbu jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida o‘tgan barcha shaxslar hibsga olingach, dastlab ayblovni inkor qilib kelgan bo‘lsa-da, so‘ng tayziqlar ostida ayblariga iqrorlik bildirib ko‘rsatuv berganliklari so‘roq bayonnomasida o‘z ifodasini topgan, ularning o‘rtasida yuzlashtirish o‘tkazilmasdan, faqat bergan ko‘rsatuvlari ishga tikilgan.

2. Ibragimbek Chakabayev va boshqalarga oid (16 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

OGPUning 1932 yil 13 apreldagi bayonnomasidan ko‘chirma mavjud. Biroq OGPUning hukmi mavjud emas:

1932 yil 13 aprelda Ibragim bek Chakabayev, Abdukayum Parvanachi Ulayev, Ishan Isaxan Mansurxanov, Alimardon Datxo Muxamedov, Sulayman Salaxutdinov, Kur Artik Ashirov, Mulla Niyaz Parvanachi Xakimov, Mulla Axmad Biy Saidov, Tashmat Xodja Berdiyev, Azim Marka Astanakulov, Kuganbek Shiraliyev, Shaxasan Imankulov, Mirzakayum Cherov, Kugan Kendjayev, Alyat Palvan Il’mirzayev, Ishan Palvan Baxadur Zadega oid jinoyat ishi OGPU tomonidan ko‘rib chiqilib, otib o‘ldirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmagan, jinoyat ishida sud hukmi yoki bayonnomasi mavjud emas.

3. Teregulov Osman Igmatulovich va boshqalarga oid (4 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

Ma’muriy surgun qilish Komissiyasining 1922 yil 5 martdagi qaroriga ko‘ra, Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich JK 60-moddasiga asosan aybdor deb topilishib, O. Teregulov -
3 yil konslagerda, A. Yungerov 2 yil konslagerda jazo o‘tashi belgilangan;

I. Muratov va Z. Gaynulin javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan.

Xorazm Respublikasi favqulotdagi sessiyasi Oliy Revolyusiya Tribunali tomonidan 1922 yil 18 noyabr kuni JK 40-moddasiga asosan Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich otishga hukm qilingan.

Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari alohida ish yurituvga ajratilgan.

4. Daminov Latifga oid jinoyat ishi yuzasidan.

SSSR Oliy sud harbiy hay’ati sayyor sudining 1938 yil 15 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, L. Daminov - otishga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

1938 yil 15 oktyabrdagi ma’lumotnomaga ko‘ra, Daminov Latifni otish haqidagi hukm ijrosi amalga oshirilganligi ko‘rsatilgan.

5. Sultanov Gafurga oid jinoyat ishi yuzasidan.

1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyo Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi qarori bilan O‘zbekiston SSR JK 58-modda 2-qismi (qurolli to‘dalar, sovet hududiga qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelishi) va 59-modda
3-qismi (Chet el davlatlari bilan aksilinqilobiy maqsadlarda aloqada bo‘lish) bo‘yicha aybdor deb topilgan va otuvga hukm qilingan.

6. Kiramov Kivamga oid jinoyat ishi yuzasidan.

SSSR Oliy sudi harbiy hay’atining 1938 yil 9 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, JK 58,64 va 67-moddalari bilan K. Kiramov otuvga hukm qilinib, barcha mol-mulki musodara qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protestlar keltirilgan.

2021 yil 25 avgust kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar shaxs oqlandi.

Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat musaffo osmonimiz uzra tantana qildi. Bugungi mustaqil va obod hayotimiz yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан