Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy ta’lim muassasalari haftalik o‘quv kunlarini mustaqil belgilaydi
2.01.2021 16:32,  
352

Hukumat qarori bilan endi Oliy ta’lim muassasalari haftalik o‘quv kunlarini, ya’ni 5 yoki 6 kunlik o‘quv haftasi davomiyligini mustaqil belgilaydi.
 

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (824-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi.
2021 yil 1 yanvardan: 
OTM huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;
OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qarorga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida:
Professor-o‘qituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;
O‘qituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o‘qishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан