Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy ta’lim vazirligi hamda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ talabalarga murojaat bilan chiqdi
7.01.2022 15:07,  
148

Talabalar uchun qishki ta’til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirilgani, bunda talabalarning temir yo‘l hamda aviachiptalari boshqa muddatga bepul almashtirib berilishi, shuningdek 50 foizlik chegirmalar muddati 24 yanvarga qadar belgilangani haqida xabaringiz bo‘lsa kerak.

Afsuski, bugun ayrim hududlardagi temir yo‘l kassalarida biletini almashtirmoqchi bo‘lgan talabalarning katta navbatlari yuzaga kelgan. Chunki qaytish uchun bilet olgan deyarli hamma talaba joy tugab qolmasidan oldinroq almashtirib qolish maqsadida kassalarga borishgan. Albatta bunaqa paytda buncha insonga birdek xizmat ko‘rsatishning jismoniy imkoni yo‘q va turnaqator navbatlar hosil bo‘lishi tabiiy.

Shunga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ talabalarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatlarning asosiy mazmuni quyidagicha:

Qaytish chiptalari hammaga yetadi va tugab qolmaydi, xavotir olmang;

Agar mabodo zaruriyat tug‘ilsa qo‘shimcha reys hamda vagonlar qo‘shiladi;

24 yanvargacha hali 17 kun vaqt bor va almashtirishga bemalol ulgurishadi, aynan 1 kunda va 1 vaqtda hamma almashtirish uchun kelishi shart emas;

shahar va tumanlardagi temir yo‘l kassalarida ham chiptalarni almashtirish mumkin, aynan viloyat markazlaridagi kassalarga kelish shart emas;

barcha kassalar kechayu kunduz ishlaydi, agar kunduz kuni navbat juda ko‘p bo‘lsa, kechki payt bemalol paytida kelsangiz ham bo‘ladi.

P.S.: biletlarni onlayn almashtirish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘yishganda zo‘r bo‘lardi, shunda o‘z-o‘zidan navbatlar ham keskin kamayar edi. Mayli, balki shu kunlarda bunaqa tizimni qilishga ulgurishmas, lekin qachondir bo‘lishi kerakku. Talabalarning bazasi bor, barcha shaxsiy ma’lumotlarni elektron olish imkoniyati bor, faqat qog‘ozbozlikdan qutilish uchun ozgina xohish va qat’iyat kerak xolos.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан