Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Hujjatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi  tugatildi va uning barcha huquq va majburiyatlari Vazirlikka o‘tgani qayd etilgan.

Vazirlik oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.