Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga davlat tili bo‘yicha maslahatchi tayinlandi 
10.03.2020 15:47,  
488

Jamoldinova Odinaxon Rasulovna Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun: Odinaxon Jamoldinova 1970 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1992 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

MAVZUGA DOIR: Bosh vazir mahallalarga va chaqaloqlarga ma’naviyatga zid nomlar qo‘yilayotganiga e’tiroz bildirdi

Shu kunga Odina Jamoldinova Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan, 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida ko‘cha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va e’lonlarning davlat tilida berilishi singari masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonda mantiqsiz va sovetlardan qolgan 700dan ziyod joy nomlari bor

Yig‘ilishda til masalasiga Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi jiddiy e’tibor qaratayotgani qayd etilgan.

Hukumat rahbari mahalla, ko‘cha, korxona, ishlab chiqarilgan mahsulotga, kerak bo‘lsa farzandlarga o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va ma’naviyatga zid bo‘lgan nomlar qo‘yilayotganiga e’tiroz bildirgan va joylardagi mas’ullarning ishlari qoniqarsiz deb baholagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан