Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olmaliq shahrida 7 yoshli qizni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lishdimi? Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga aniqlik kiritildi
4.03.2021 09:57,  
372

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahri 5/2 nohiyasida yosh qizning o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lganligi haqida videolavha tarqaldi.

Holatga Olmaliq shahar hokimligi Axborot xizmati aniqlik kiritdi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 2 mart kuni 1961 yilda tug‘ilgan  fuqaro M.Q. ukasi O.Q.ning "Toshkent" mahallasidagi xonadonlarning birida tug‘ilgan kunni nishonlash uchun borib, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Soat 19.00 larda M.Q. uyiga qaytib kelayotgan vaqt oshqozonida qattiq og‘riq turganligi uchun "Yangi hayot" mahallasi, 27-uy yo‘lagiga kirib, zinada o‘tirib qolgan.  

Shu vaqt 27-uydagi xonadonda yashovchi, voyaga yetmagan, 2014 yilda tug‘ilgan, A.I. do‘kondan tuz olib kelayotganligi va uy yo‘lagida o‘tirgan notanish shaxsni ko‘rib, qo‘rqqani sababli, ichkariga kira olmasdan turganida, dadasi  J.J. kelib qolgan. J.J. bu holatni noto‘g‘ri tushungan va o‘sha joydayoq shahar IIBga murojaat qilgan. Bu holatni J.J.ning qo‘shnisi J.M. telefoni tasviriga olgan.

Shundan so‘ng, holatdan xabari bo‘lmagan holda u yerga kelib qolgan D.A. tanishi J.M.ning telefonidagi videotasvirni o‘z telefoniga ko‘chirib olib, M.Q. yosh bolalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelayotgani haqida sharh bilan telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborgan.

Fuqaro M.Q. tomonidan voyaga yetmagan A.I.ga teginilmagan, unga tan jarohati yetkazilmagan va uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilmagan. Mazkur holat bo‘yicha hozirda Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан