Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olmaota aeroporti qachondan faoliyatini tiklashi ma’lum qilindi
12.01.2022 16:17,  
83

Olmaota xalqaro aeroporti 2022-yil 13-yanvar soat 00:00 dan o‘z faoliyatini tiklaydi. Bu haqda KAZINFORM axborot agentligi shahar aeroporti matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Olmaota shahrida komendantlik soati joriy etilishi munosabati bilan aeroport 08:00 dan 21:00 gacha ishlaydi. Ham ichki, ham xalqaro reyslar amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida terminalga faqat yo‘lovchilar kirishiga ruxsat berildi. 

Eslatib o‘tamiz, Olmaota aeroporti tartibsizliklar vaqtida qo‘lga olingan, keyinroq, aksilterror maxsus operatsiyasi chog‘ida esa qo‘yib yuborilgan edi. Qozog‘istonda 6-yanvardan 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан