Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olmaotadan xohlovchilar O‘zbekistonga qaytariladi
11.01.2022 12:28,  
83

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari – Nur-Sultondagi elchixonasi, Olmaota va Aqtaudagi bosh konsulliklarida tezkor shtablar tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan. Ularga zarur yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Nur-Sulton shahridagi aeroportda parvozini kutayotgan fuqarolar issiq ovqat bilan ta’minlangan.

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ularning qarindoshlari va yaqinlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishda tezkor yordam ko‘rsatilmoqda.

“Olmaotadan O‘zbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati tuzildi. Ular “Uzbekistan Airways” kompaniyasining navbatdagi reyslari orqali Vatanga qaytariladi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda Olmaota aeroporti yopiqligicha qolmoqda.

Mamlakat fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha O‘zbekistonning Nur-Sulton (telefon raqami: +7 771 020 36 73), Olmaota (+7 777 950 44 33) va Aqtau (+7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан