Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olmazorda 482 gektar maydonda «ochiq osmon ostidagi muzey» barpo etiladi
13.06.2020 09:46,  
179

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida Olmazor tumani faollari, nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oxirgi uch yilda Olmazorga to‘rtinchi marta kelyapmiz. Tumanda o‘zgarish bo‘lyaptimi, odamlar manfaat ko‘ryaptimi, nima muammolar bor, degan savollar meni qiynaydi. Bugun natijalarni tahlil qilib, sizlar bilan bamaslahat yangi yo‘nalishlar va rejalarni belgilab olishimiz kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Olmazor aholisi uchun 12-14-16 qavatli arzon uylar qurish taklifini berdi

Davlat rahbari yangi loyihalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Toshkent tumanining Olmazorga yaqin hududidan 200 gektar yer ajratib, yangi sanoat zonasi barpo etishni taklif qildi. U yerda tashkil etiladigan korxonalarda kamida 60 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkin bo‘ladi.

«Chorsu bozori», Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani – «ochiq osmon ostidagi muzey» barpo etiladi. Bu yerda hunarmandchilik do‘konlari va rastalari, choyxona va mehmonxonalar, kichik muzeylar tashkil etiladi.

Shuningdek, jamoatchilik vakillari tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан