Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltiariqda o‘g‘il o‘z ota uyiga o‘g‘irlikka tushdi
6.02.2021 22:03,  
267

2021 yil 15 yanvar kuni Oltiariq tumani «Farovon» mahallasi hududida yashovchi T.B. IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 25 dekabr kunidan 15 yanvar kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi sandiq ichida bo‘lgan 1.900 AQSh dollari va 3.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi T.B.ning birga yashovchi o‘g‘li A.T. sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан