Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltiariqda qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi
7.05.2020 12:45,  
126

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 4 may kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yorqin ko‘chasida yashovchi O.A. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, tanishlari M.X., N.X. va A.U.larni qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 880.000 so‘m pul va o‘yin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yetti yilgacha ozodlikdan  mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tamiz", deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан