Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Oltin devor” asari asosida o‘zbek va qozoq ijodkorlari tomonidan yangi film suratga olinadi
1.04.2021 19:32,  
166

Bugun “O‘zbekkino” Milliy agentligida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qozog‘iston elchisi Satibaldi Darxan va elchixona vakillari, “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, birinchi o‘rinbosar Shuxrat Rizayev, rejissyor Hilol Nasimov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ikki davlat ijodkorlari bilan film yaratish taklifi bildirildi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Hamkorlikda suratga olinishi kutilayotgan “Qo‘shnilar” filmi komediya janrida bo‘lib, unda o‘zbek va qozoq qo‘shnilarning o‘zaro munosabatlari va hovli o‘rtasidagi devorning buzilganidan so‘ng, topib olingan tilla atrofidagi voqealar aks ettiriladi. Film O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Oltin devor” asari asosida suratga olinishi rejalashtirilgan. Ushbu kinoloyiha ssenariysi ustida Qozog‘iston tomondan aktyor, bloger va ssenarist Azamjan Saidbayev ish boshlaydi. Filmni ishlab chiqarish jarayonida ikki davlat ijodkorlari teng hissada ishtirok etadi. Hamkorlikdagi yangi film “Ipak yo‘li durdonasi” Xalqaro Toshkent kinofestivalida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvdan oldin qozog‘istonlik mehmonlarga “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Meros” filmi namoyish etildi. So‘ngra o‘zbek va qozoq xalqlarining qadimiy do‘stligi, an’ana va e’tiqodlari haqida hikoya qiluvchi “Meros” filmining Qozog‘istonda taqdimotini o‘tkazishga kelishildi. Shuningdek, uchrashuv davomida Qozog‘istonda o‘zbek kinosi kunlarini o‘tkazish, “Ipak yo‘li durdonasi” Xalqaro Toshkent festivali bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat kinoijodkorlarining tajriba almashinishi va muloqot yo‘lga yo‘lga qo‘yilishi soha rivojiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан