Angliyalik oltin izlovchi bronza asriga oid xazina topdi

Angliyalik oltin izlovchi bronza asriga oid xazina topdi

Angliyaning Uaytxeyven shahrida yashovchi kishi metall aniqlovchi detektor yordamida bronza asriga oid oltin bilakuzukni topdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

54 yoshli Billi Vogan dalani metall detektor bilan tekshirayotib, detektorning kuchli signalini eshitgan.

«Taxminan 13 sm. chuqurlikda metall parchasini ko‘rib qoldim. Avvaliga men bu narsani alpinistlar uskunasi yoki traktorning detali bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Biroq kutilmaganda u oltin bo‘lib chiqdi», deydi britaniyalik.

U xazina suratini hamkasbiga yubordi va yana bir yarim soat oltinning qolgan qismini izladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 22 karatlik xazina 4 ming yillik tarixga ega.

Bilaguzuk 312 grammlik sof oltin bo‘lib, metall sifatida qiymati 11 ming funt sterlingdir (127 million so‘m). Lekin tarixiy qiymati nuqtai nazaridan buyum 11 ming funtdan ancha qimmat.

Keyin Vagan mahalliy muzeyga hamda tarixiy topilmalarni baholovchilarga xabar berdi. Agar muzey xodimlari topilgan zargarlik buyumini xazina deb hisoblashsa, Vagan uni Xazinani baholash qo‘mitasi tomonidan belgilangan narxda sotishga majbur bo‘ladi.

2008 yili britaniyalik havaskor arxeolog metal izlovchi detektor yordamida bilaguzuk topib olgan. Ekspertlar topilmani 350 ming funt strelingga baholashgan. Taqinchoqni Nyuark shahri muzeyi sotib olgan.