Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltin va kumush narxlari tarixiy maksimumga yetmoqda
5.08.2020 18:34,  
1005

Tarixda ilk marotaba zudlik bilan yetkazib beriladigan oltinning narxi 2000 dollardan oshdi: Toshkent vaqti bilan soat 15:30da oltin unsiyasi uchun $2040 belgilandi - bu tarixiy maksimum. Oltin narxi o‘sishiga ta’sir qilayotgan omillar o‘zgarmagan: koronavirus pandemiyasining rivojlanishi bilan bog‘liq noaniqlik, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik va dollarning zaiflashishi bilan AQSh iqtisodiyotiga yangi katta miqdordagi in’yeksiyalar.

Yil boshidan beri oltin 30 foizga ko‘tarildi va bu allaqachon Hindistonda talabning tarixiy pasayishi bilan jismoniy bozorlarda harakatlarni kuchaytirdi. O‘z navbatida, oltin qazib oluvchi milliarderlarning boyligi keskin oshdi.

Dollar inflyasiyasining xavfini va dollarning zaxira holatini yo‘qotishini hisobga olgan holda, oltin oxirgi chora bo‘lib qolmoqda, deb yozadi Goldman Sachs. Investbank oltinninh unsiyasi 2300 dollargacha qimmatlashishini prognoz qildi. Bank of America esa 3000 AQSh dollarigacha cho‘qqilarni zabt etishiga tayyorlanmoqda.

Iyul oyida 40 yil deganda kumush narxi eng yuqori oylik o‘sishni qayd etdi. Financial Times nashrining yozishicha, 1979 yilning dekabr oyidan beri ilk bora kumush narxi bir oyda 34% ga qimmatladi.

Yil boshida kumush narxining o‘sish sur’ati oltin narxining o‘sish sur’atidan past edi. Mart oyida bir unsiya oltin xuddi shuncha kumushdan 125 barobar qimmatroq edi. O‘shandan beri kumush 100% dan ko‘proqqa, oltin esa atigi 30% ga qimmatladi. Kumush o‘sish sur’ati bo‘yicha oltinni ortda qoldirishda davom etishi mumkin, deydi Jupiter Asset Management Ned Neylor-Liland FT'ga. Uning ta’kidlashicha, narxlardagi tafovut, masalan, 2011 yildagidan ikki baravar ko‘pdir.

Kumushga bo‘lgan talabning o‘sishiga uning elektronika buyumlari hamda quyosh batareykalari ishlab chiqarish sanoatida foydalanishi sabab bo‘lmoqda, deydi Mitsubishi tahlilchisi Jonatan Batler. Koronavirus ham talabni oshirmoqda - kumush etilen oksidida katalizator sifatida ishlatiladi, undan esa himoya niqoblari va qo‘lqoplari uchun materiallar yaratiladi.

Hozirda kumushning unsiyasi 24 dollarga baholanmoqda. UBC tahlilchilarining taxmin qilishicha, narx olti oy ichida 26 dollargacha ko‘tariladi. Morgan Stanley mutaxassislari ehtiyotkorlik bilan bashorat qilishmoqda. Metall narxining barqaror o‘sib borishi uchun yanada kuchli sanoat talabi kerak deb hisoblashadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан