Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltin va kumush yombilarni sotish tartibiga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi
11.04.2019 20:12,  
15

“O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilarni sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilarni sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilova qilingan.

Hujjat loiyhasida aytilishicha, Markaziy bank tomonidan aholining investitsion va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli o‘lchamlardagi yombilar muomalaga chiqariladi. Yombilarni sotish va qaytarib xarid qilib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.

"Yombilar sotuvi jismoniy shaxslarga naqd va naqd pulsiz hisob-kitob shaklida, yuridik shaxslarga to‘lovni pul mablag‘lari o‘tkazilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi", - deyilgan loyihada.

Yombilarning sotuv narxi har kuni, milliy valyutada, qimmatbaho metallning Markaziy bank tomonidan belgilanadigan 1 gramm narxi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan marjaga asosan belgilanadi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Yombilarni qaytarib xarid qilib olish bank shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.

Qaytarib xarid qilib olishda, qadog‘i buzilgan yoki shubhali holatdagi yombilar, bank shoxobchalari tomonidan ularni Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga texnik ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborishga asos bo‘ladi.

"Yombilarning asillik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan texnik ekspertiza uchun to‘lov yombilar egalaridan undirilmaydi", - deyilgan qaror loyihasida.

Hujjat loyihasi 26 aprelgacha muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан