Oltin-valyuta zahirasi qariyb $35 mlrdga yetdi

Oltin-valyuta zahirasi qariyb $35 mlrdga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zahirasi 1 avgust holatiga ko‘ra 34,7 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bankning tegishli hisobotida qayd etilgan.

Zahiraning 13,6 mlrd dollarini valyuta aktivlari (yanvardan beri +$1,1 mlrd), 20,7 mlrd dollarini esa monetar oltin (yil boshidan beri + $4,4 mlrd) tashkil etadi.

Oltin-valyuta zahiraning oshishi asosan jahon bozorida oltin narxining o‘sishi bilan bog‘liq. 5 avgustda bir troya unsiya oltin narxi tarixda ilk marotaba $2000 dan qimmatlashgan edi. Yil boshidan beri oltin narxi 30 foizga ko‘tarildi.