Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltinko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
22.10.2020 09:58,  
294

Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga Matruziyev Iqbolbek Xasanboyevich tayinlandi.

Matruziyev Iqbolbek Xasanboyevich 1984 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2003 yili Jalaquduq tumani 50-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ishchisi vazifasidan boshlagandi.

2004-2006 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi markazlashgan hisobxona kompyuter operatori bo‘lgan. 

2017-2018 Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Matruziyev Iqbolbek Xasanboyevich, Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан