Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltinsoy voqealari mansabdorlar o‘z vazifasiga vijdonsiz munosabatda bo‘lishi oqibati bo‘lgan – Bosh prokuratura
19.03.2020 16:41,  
725

Bosh prokuraturaning Oltinsoy tumanida davlat idoralari va mahalliy aholi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar aks etgan videolavhadagi holatlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

MAVZUGA DOIR: Oltinsoyda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi (video)

Ma’lum qilishicha, holat yuzasidan mazkur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda, tumandagi fermer xo‘jaliklariga tegishli 6,4 gektar sug‘oriladigan yer maydoni talon-toroj qilingani, 5 gektarni qaytarish uchun ta’sirchan choralar ko‘rilmaganligi sababli, bu ekin maydonlari fuqarolar tomonidan uzoq muddatdan beri egallab olinib, turli maqsadlarda foydalanib kelganligi oqibatida 436,9 mln. so‘m davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlangan.

MAVZUGA DOIR: IIV​ Oltinsoy voqeasida Rossiyada ishlab yurgan fuqaroni ham aybladi

Xususan, Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan “Oq oltin manzarasi” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan sug‘oriladigan paxta va g‘allaga mo‘ljallangan yer maydonidan shu mahallada yashovchi fuqarolar B.Muxammadiyev, D.Muxammadiyev, F.Nurov, S.Muxammadiyev, M.Sattarova va A.Safarovlar tomonidan jami 0.39 gektari noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, uy-joy qurilgan, deyiladi prokuratura bayonotida.

Mazkur yer maydonlarini qaytarish maqsadida joriy yilning 14 fevral kuni soat 15-00 larda ishchi guruhi a’zolari “Xalqobod” mahallasiga borganida yuqoridagi fuqarolar va ularning yaqinlari qo‘llarida bo‘lgan tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan ishchi guruhi oldiga chiqib, hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar ularga qarshilik ko‘rsatishgan.

MAVZUGA DOIR: Oltinsoyliklar Prezident farmoni bo‘lishiga qaramay kadastr hujjati berilmaganini aytmoqda

«Erim va qaynonamni sudrashgach, ularni qutqargani bordim. Homiladorligimni aytsam ham, sudrashdi va ko‘tarib avtobusga tiqishdi» – Oltinsoy voqealari

«Faqat IIBning o‘zi kelganda bu darajada to‘polon bo‘lmasdi, ularning orasidagi fuqaro kiyimidagi shaxslar to‘polonni bu darajada kuchayib ketishiga sababchi bo‘ldi» – Oltinsoy voqealari​

Prokuraturaning yozishicha, natijada 3 nafar IIB xodimi “yengil” tan jarohati olgan. Mazkur holatlarda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida sug‘oriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan hamda Oltinsoy tuman IIB xodimlariga tan jarohati yetkazilgan.

MAVZUGA DOIR: «Oltinsoy voqealari bo‘yicha qalban kim bilansiz?»– Xalq fikri

Shunga ko‘ra, mansabga sovuqqonlik bilan qarash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatlari alomatlari mavjudligi hamda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

MAVZUGA DOIR: «Hokimiyat vakillarining "snos"larda aholiga nisbatan hurmatsizligi va mulkiga tajovuzlari IIV xodimlarining obro‘siga putur yetkazmoqda»​

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан