Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltinsoyda fuqarolar IIB xodimlarini urib tashlashdi (video)
15.02.2020 13:50,  
3931

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lumot berishicha, joriy yilning 14 fevralda viloyatning Oltinsoy tumanining “Halqobod” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydoniga mahalliy fuqarolar tomonidan noqonuniy uy-joy qurib olinganligi holatiga aniqlik kiritish hamda ushbu yerlarni fermer xo‘jaligiga qaytarish maqsadida, tuman hokimiyatining qurilish masalalari bo‘yicha vakili, tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Oltinsoy filiali mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oltinsoy tuman hokimining 2019 yil 6 dekabr kunidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash uchun manzilga chiqib, mahalliy fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borayotgan vaqtlarida, ayrim fuqarolar qo‘llariga turli buyumlar (tayoq, bolta, toshlar, bel kurak va boshqa) bilan ishchi guruh vakillariga tajovuz qilganliklari oqibatida o‘rtada janjal kelib chiqqan.

Chaqiruvga asosan jamoat tartibini saqlash uchun 16.00 larda voqea joyiga yetib borgan tuman IIB xodimlari, mahalliy aholi tomonidan jamoat tartibini buzishni to‘xtatib, uylariga tarqashni talab qilganlarida, mahalliy fuqarolardan I.Muxammadiyev, D.Muxammadiyev, F.Nurov, A.Toshov, S.Muxammadiyev va A.Safarovlar ichki ishlar organlari xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘llaridagi buyumlar bilan tajovuz qilganlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida jamoat tartibini buzayotgan fuqarolar zararsizlantirilib, jamoat tartibi barqarorlashtirilgan.

Huquqbuzarlarning tajovuzlari natijasida IIB xodimi safdor Sh.Mustofoqulovga “Bosh miyaning yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, boshning peshona o‘ng qosh usti, o‘ng yon tomoni ezilgan, yirtilgan jaroxatlari, o‘ng ko‘z qavog‘i yumshoq to‘qimalarning ezilishi va gematomasi, burnining o‘ng tomoni yuz sohasidagi yirtilgan jaroxat”, shuningdek profilaktika inspektori yordamchisi A.Jabborovga “Chap yelka o‘mrov akramiyal bo‘g‘imi sohasi yumshoq to‘qimalarining ezilishi” kabi tan jarohatlari yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан