Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oltinsoyliklar Prezident farmoni bo‘lishiga qaramay kadastr hujjati berilmaganini aytmoqda
17.02.2020 11:36,  
883

15 fevral, shanba kuni, ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari va aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqidagi video tarqaldi. Videoda ta’kidlanishicha, aholi va IIB xodimlari o‘rtasidagi mojaro Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi “Xalqobod” mahallasida sodir bo‘lgan. “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini bilish maqsadida Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

MAVZUGA DOIR: Oltinsoyda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi (video)

Aniqlanishicha, “Xalqobod” mahalla hududidagi sug‘oriladigan ekin maydonlaridan noqonuniy uy-joy qurib olgan aholining ma’lumot berishicha, uy-joy qurib olgan yerlari haqiqatan ham fermer xo‘jaligi yeri bo‘lgan.

“Bu yerlarni 2008 yil fermerdan olgandik, — deydi Sunbula Davlatova. — 2016 yil uy qurish uchun poydevorini qurdik. Ammo hokimiyat vakillari buzib tashlashdi. 2018 yilga kelib o‘sha yerdan yana uy qurdik. Ammo bizga kadastr qilib berishmadi”.

MAVZUGA DOIR: IIV​ Oltinsoy voqeasida Rossiyada ishlab yurgan fuqaroni ham aybladi

Qishloq ahlining ta’kidlashicha, Prezident farmoniga ko‘ra 2019 yil 1 maygacha davom etgan aksiya davrida ham mazkur xonadon egalariga kadastr hujjati berilmagan.

Aholi noqonuniy turar joylar 2018 yil qurilganini aytsa, Oltinsoy tuman hokimligi axborot xizmati “Xalqoboddagi turar joylar aksiya muddati tugagandan keyin qurib olingan” deyapti.

“2018 yil qurilgan uyimizning kadastr hujjatini olish uchun ko‘p harakat qildik, ammo bizga kadastr qilib berishmadi-da”, — deydi Sunbula Davlatova.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан