Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ombudsman bir yildirki o‘z binosiga ega bo‘la olgani yo‘q
3.03.2019 14:17,  
8

O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bino bir yildan ko‘proq vaqt muqaddam Toshkent metropoliteni balansiga o‘tkazilgani sababli yangi xodimlarni shtatga qabul qila olmayapti. Bu haqda ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev juma kuni Senatning 18-yalpi majlisida ma’lum qildi.

Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi munosabati bilan «Toshkent metropoliteni» binosi buzilgan edi. O‘tgan yilning yanvarida hokim qarori bilan metropolitenga Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasidagi ombudsman kotibiyati joylashgan bino berilgan edi.

Ulug‘bek Muhammadiyev prezidentning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi farmonida ombudsman shtati sakkiz kishiga kengaytirilgan edi. Biroq ularni joylashtirish bilan bog‘liq muammo sababli yangi xodimlarni yollashning imkoniyati bo‘lgani yo‘q.

«Ayni vaqtda vakil kotibiyati joylashgan bino boshqa tashkilotga berilgan. Shu sababli yangi xodimlarni qabul qilish va ularni joylashtirish muammosi bor. O‘ylaymanki, 2019 yilda mazkur muammoga yechim topiladi», — dedi u.

Senator Ochil Xidirov nima uchun ombudsman bir yil ichida ma’muriy binoga ega bo‘la olmadi, deya savol berdi. Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Toshkent metropoliteni"ni va dispecherlik markazini joylashtirishni strategik muhim ob’yekt ekani bilan asosladi.

«Bu ob’yekt strategik ob’yektlar ro‘yxatiga kiradi. Toshkent hokimiyati ombudsman uchun maqbul binolarni o‘rgandi. Hokimiyat balansida ma’muriy binolar bo‘lmagani sababli mos keluvchi boshqa ma’muriy binolar bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Taklif sifatida Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasida O‘zbekiston Milliy banki huzuridagi VIP Servise markazi balansidagi ma’muriy binoda zarur maydon ajratildi», — dedi poytaxt ma’muriyati rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar taklifni tomonlar qanoatlantirsa, hokimning tegishli qarori qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан