Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ombudsman Xalq ta’limi vazirligini hushyorlikka chaqirdi
7.01.2021 13:05,  
469

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani 15-sonli Mehribonlik uyida o‘tkazilgan monitoringda avval jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va aybdor deb topilgan shaxs 2020 yilning 14 dekabrida yana shu muassasaga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib taynlanganligi  ma’lum qilindi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova va Ombudsman mutaxassislari holatni o‘rganish maqsadida Bo‘ka tumani 15-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Vakil axborot xizmati ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 137 nafar bolalar tarbiyalanayotgan ushbu muassasaning sobiq direktori 2013-2016 yillarda rahbarlik faoliyati davomida moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli 2017 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Bekobod shahar sudining hukmiga ko‘ra aybdor deb topilgan. Davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, sovg‘a-salomlar, ko‘ngilli tadbirkorlar tomonidan yuborilayotgan hayriyalar o‘z manziliga, ya’ni bolalar qo‘liga to‘liqligicha yetib bormayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan baho berilishi kerak. Bu masalaga Xalq ta’lim vazirligini aniqlik kiritishi maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан