Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Omikron": Yevropa yana tibbiy niqobga "qaytmoqda"
24.12.2021 18:09,  
54

Koronavirusning “omikron” shtammi haqida borgan sari ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lyapmiz. Ammo olimlar bu borada yakuniy va yakdil xulosa chiqarish uchun hali faktlar yetarli emasligini aytishmoqda — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. 

Shunga qaramay, hozirgacha o‘tkazilgan izlanishlar natijalari “omikron”ni yuqtirganlarda kasallik “delta”ga nisbatan yengil o‘tayotgani hamda o‘lim ko‘rsatkichlari kamligini tasdiqlaydi. 

Buni Shotlandiya olimlari o‘ziga xos usulda hisob-kitob qilishdi. Buning uchun “omikron” va “delta”ni yuqtirganlar soni hamda gospitalizatsiya ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, agar yangi shtamm “delta” kabi og‘ir kechganida, hozir Shotlandiya kasalxonalarida ushbu variantdan davolanayotgan bemorlar soni 47 nafarni tashkil etishi kerak edi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich ayni paytda bor-yo‘g‘i 15 taga teng.

“The Guardian” nashri esa “omikron”ga xos umumiy simptomlar haqida yozdi. Unga ko‘ra, ushbu virus turi bilan kasallangan bemorlarda tomoq og‘rig‘i va qichishishi, mushaklar zirqirashi, charchoq, quruq yo‘tal hamda kechasi terlash kabi belgilar kuzatiladi.

Yangi shtammdan ilk o‘lim Germaniyada ham qayd etildi. 

Buyuk Britaniyada esa koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlari har kuni yangilanyapti: oxirgi sutkada bu yerda deyarli 120 ming yangi holat aniqlangan. 

Shunday bo‘lsa-da, mamlakatda “omikron”ni yuqtirganlar orasida kasalxonaga yotqizish xavfi keskin kamayib borayotgani ijobiy ko‘rsatkich. 

Ispaniyada esa nafaqat jamoat joylari, balki ko‘chada ham majburiy niqob taqish talabi qayta joriy etilishi ma’lum qilindi. Mamlakatda o‘tgan kuni 60 mingta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan bo‘lsa, shundan qariyb yarmini “omikron” tashkil etyapti.

O‘z navbatida, Italiya hukumati 2022 yilning 31 yanvariga qadar ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqladi, diskotekalar va klublarni yopishga qaror qildi. Endi mamlakatda aholi ko‘cha va jamoat joylarida tibbiy niqobda yurishga majbur. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан