Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Omikron” jug‘rofiyasi kengaymoqda. Asoratlar ko‘lami ham!
14.12.2021 16:42,  
164

Shu kunlarda dunyoning yuzdan ziyod davlatlari o‘z hududiga koronavirusning yangi shtammi kirib kelishidan xavotirda. Yetmishga yaqin davlat esa allaqachon bu xatar bilan yuzlashdi. 

Pandemiyaning yangi to‘lqinidan, ayniqsa, Yevropa aholisi jiddiy aziyat chekmoqda. Bu yerda “omikron” tufayli epidemiologik vaziyat yanada murakkablashgan.

Xususan, kecha Buyuk Britaniyada yangi mutatsiya tufayli dunyo bo‘yicha ilk o‘lim holati qayd etildi. Ustiga-ustak, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi kelgusi 48 soat ichida Londonda “omikron” dominant pozitsiyani egallashini ma’lum qildi. 

Bu xavotirlar bejiz emas, albatta. Chunki Angliyada aniqlanayotgan infeksiyalarning taxminan 20 foizini ayni shu shtamm tashkil qiladi. Biroq Londonda bu ko‘rsatkich allaqachon 44 foizga yetgan. O‘sish sur’atlari shiddat bilan oshmoqda.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Javidning ta’kidlashicha, mamlakatda “omikron” bilan kasallanganlarning haqiqiy soni hozirda tasdiqlangan 4,7 ming holatdan ancha yuqori.

Bu virus turi Shveysariyada ham “hukmron” pozitsiyani egallashi mumkin. Mamlakat sog‘liqni saqlash federal boshqarmasi rahbari Anna Levining aytishicha, kelgusi yil boshida yoki undan ham oldinroq yangi shtammni yuqtirish ko‘rsatkichlari “delta”dan oshib ketadi. 

Kuni kecha JSST dunyo bo‘yicha “omikron” aniqlangan mamlakatlar soni 63 taga yetganini tasdiqlagan edi. Ushbu ro‘yxatga kecha Vengriya ham qo‘shildi. Mamlakatda yangi variant dastlabki ikki bemorda aniqlangan. Biroq kasallikni yuqtirgan er-xotinlar xorijiy davlatlarda bo‘lmagan. 

Shuningdek, qishki Olimpiada mezbonligiga tayyorgarlik doirasida karantin qoidalariga qat’iy amal qilinayotgan Xitoy Xalq Respublikasida ham dastlabki “omikron”ni yuqtirish holati ro‘yxatga olindi. 

Yangi shtamm mamlakatning eng yirik metropoliyalaridan biri Tyanszinda, chet eldan safardan qaytgan fuqaroda qayd etilgan.

Rossiyada esa “omikron”ga chalinganlar soni qisqa muddatda 2 nafardan 16 nafarga yetdi. Ular Janubiy Afrika Respublikasidan qaytgan 177 nafar fuqaro orasida aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан