Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Omikron” kamida 89 mamlakatda aniqlangan
19.12.2021 19:02,  
90

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19ning “omikron” varianti 89 mamlakatda topilgan va emlash darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda tez tarqalmoqda.

Biroq, bu “omikron”ning immun tizimini chetlab o‘tish qobiliyatiga ega yoki uning yuqimlilik darajasi yuqori bo‘lgani bilan bog‘liqmi hali aniq emas.

Shu bilan birga, JSST vaksinalarning “omikron”ga nisbatan samaradorligi hamda yangi shtamm keltirib chiqaradigan kasallikning qanday kechishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega emas.

Qayd etilishicha, “omikron” “delta” variantiga qaraganda ancha tez tarqaladi. Har 1,5-3 kunda “omikron” holatlari ikki barobar ortadi, emlanganlar orasida esa kasallik yengil kechadi.

Koronavirus bilan kasallanishning keskin o‘sishi tufayli Niderlandiyada yana qat’iy lokdaun joriy etildi, Londonda esa favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан