Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Omikron": Londonda favqulodda holat, Niderlandiyada esa lokdaun...
20.12.2021 12:34,  
115

Dunyoda epidemiologik vaziyat kun sayin murakkablashyapti. “Omikron” shiddat bilan yangi-yangi mamlakatlarni “zabt” etmoqda. Kasallik allaqachon kirib borgan qator davlatlar esa pandemiyaning navbatdagi to‘lqiniga to‘qnash kelgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi bayonotiga ko‘ra, yangi shtamm aniqlangan mamlakatlar soni 89 taga yetgan. Xususan, “omikron” Misr, Eron, Qatar va Ukrainada ham ilk bor qayd etildi.  

Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika Respublikasida ahvol yanada achinarli. JSST ushbu davlatlar shifoxonalarida o‘rin-joylar yetishmay qolishidan jiddiy xavotirda. 

Masalan, Buyuk Britaniyada o‘tgan haftada koronavirus bilan kunlik kasallanish holatlari rekord ko‘rsatkich  —  qariyb 93 mingtaga yetib, yangi variant dominant pozitsiyani egallagan. Shu sababli London shahri meri Sodiq Xon hududda favqulodda holat e’lon qildi. 

Niderlandiya esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib “omikron”ning keng tarqalishiga qarshi lokdaun tartibini joriy etishga majbur bo‘ldi. Ushbu cheklovlar 19 dekabrdan kelgusi yilning 14 yanvarigacha amal qiladi. 

Bu davrda nooziq-ovqat do‘konlari, bar, restoran, sartaroshxona, muzey, kinoteatr va sport zallari ishlamaydi. Maktablar kamida 9 yanvargacha yopiladi. 

Shuningdek, mahalliy aholi uyiga ikki kishidan ortiq mehmon chaqira olmaydi. Jamoat joylarida ikki kishidan ortiq odam to‘planishi ham taqiqlanadi.

Niderlandiya hukumatining bunday keskin karantin cheklovlari joriy etishi bejiz emas, albatta. Mamlakatda “omikron”ning ilk holati bundan uch hafta oldin aniqlangan. Ammo, tibbiy prognozlarga ko‘ra, Yangi yil va Rojdestvo bayramlarigacha hududda yangi shtamm COVID-19ning dominant variantiga aylanadi. 

Avstriya hukumati esa 20 dekabrdan boshlab mamlakatga faqat emlangan va kasallikdan butunlay sog‘ayganlarga kirish uchun ruxsat berishga qaror qildi. O‘shanda ham topshirilgan PZR test natijalari “manfiy” bo‘lishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан