Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Omikron" shtammidan o‘lim holati qayd etilmagani aytilmoqda
6.12.2021 13:13,  
73

Dunyoning o‘nlab mamlakatlarida aniqlangan COVID-19ning yangi shtammidan hali biror marta o‘lim qayd etilmadi, deb xabar tarqatdi Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

Yangi shtammning yuquvchanlik darajasini aniqlash va bemorda kasallikning qanchalik og‘ir kechishini tushunish uchun yana bir necha hafta kerak bo‘ladi, dedi tibbiyotda favqulodda holatlar bo‘yicha JSST dasturi direktori Maykl Rayan.
"Biz hamma uchun kerak bo‘ladigan javobni qidirmoqdamiz", - deya ta’kidladi u.
JSSTning yana bir vakili, tashkilotning favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxovening ta’kidlashicha, “omikron” shtammini yuqtirgan bemorlarda xastalik juda yengil kechmoqda.

"Dastlabki ma’lumotlar shu narsaga urg‘u beryaptiki, “omikron” shtammini yuqtirgan odamlar kasallikni juda yengil o‘tkazmoqda, lekin yakuniy fikrni aytishga hali erta", -  dedi Van Kerkxove.

Ekspertning ogohlantirishicha, “kasallik yengil kechganiga qaramay, bemorlarni kasalxonaga yotqizishga to‘g‘ri keladi va ularning ayrimlari vafot etishi mumkin".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан