Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish 427 mln dollarga tushadi
28.09.2021 13:19,  
112

“O‘zavtosanoat” UzAuto Motors zavodi bazasida Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun $427,7 mln yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasida keltirilmoqda.

2022−2024 yillarda O‘zbekistonning investitsiya dasturi to‘g‘risidagi loyihaga ko‘ra, Onix va Tracker’ni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 2022 yil sentyabrida ishga tushishi, ishlab chiqarish quvvati yiliga 190 ming avtomobilga teng bo‘lishi reja qilingan.

Shuningdek, UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi avtomobil modellari uchun har yili 185 mingta dvigatel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yiladi. Bunga 2020-2023 yillarda $190,8 mln ajratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан