Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Onlayn darslar Uzdigital TV va 4 ta qo‘shimcha kanalda ham namoyish etiladi
28.03.2020 14:41,  
8961

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30 mart kunidan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi.

Uzdigital TV MChJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa “Oxota va ribalka” kanalida tomosha qilishlari mumkin.

Dars jadvallari

Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi videodarslarni internet tarmog‘ida joylashtirib borilishini ma’lum qildi.

Jumladan, videodarslar quyidagi manbalarda joylashtirib boriladi:

TASIX tarmog‘ida

TASIX tarmog‘idan tashqarida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан